Aryavarta („oriylar mamlaka-ti“) — Shimoliy Hindistonning markaziy qismining qadimgi hindlar tomonidan ata-lishi. Qadimgi hindlarning tasavvuricha, A. mamlakatida Hindistonning boshqa xalqlariga qaraganda „olijanob“ ki-shilar yashagan. Bunday qarashlar bejiz boʻlmagan, albatta, chunki Hindistonning aynan mana shu qismi qadimgi hind tamadduni (sivilizatsiyasi)ning oʻchogʻi, Mauriyalar davlati joylashgan oʻlka boʻlgan. Bu yerda brahmanizm, buddizm va jaynizm kabi dinlar shakllangan, unda yashagan xalqlarning adabiy tillari — sanskrit va pali — butun Hindistonning adabiy tiliga aylangan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil