Asalhoneyning oʻlimi

Asalhoney oʻlaroq maʼlum boʻlgan erotik blogger Asal Xoʻjayevaning oʻlimi
(Asal Xoʻjayevadan yoʻnaltirildi)

2022-yilning 18-mart kuni soat 10:01da Asalhoney nomi bilan tanilgan bloger (asl ismi Asal Xoʻjayeva) Toshkent shahar Yashnobod tumani, Maxtumquli koʻchasida joylashgan xonadonidan oʻlik holda topilgan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan[1][2][3][4]. Aniqlanishicha, bloger jasadi topilganidan 1—3 kun oldin oʻldirilgan[5].

Asalhoneyning oʻlimi
Oʻtkazilgan joyi  (Toshkent, Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston)
Boshlanish sanasi 18-mart, 2022-yil
Tugash sanasi 18-mart, 2022-yil
Qatnashuvchilar Karimbergan Shonazarov[1]

Sud-tibbiy ekspertizasining dastlabki maʼlumotiga koʻra, Asal Xoʻjayevaning oʻlimi qorin old sohasida bir dona sanchilib kiruvchi kesilgan jarohati, boʻyin chap tomoni sanchib kesilgan jarohati, bosh miya yopiq jarohati, bosh miya yumshoq toʻqimalariga qon quyilishi oqibatida yuz bergani aniqlangan[4].

21-mart kuni gumonlangan shaxs Xorazm viloyatining Yangiariq tumanidan ushlangan. Aniqlanishicha, ushbu jinoyat 1997-yilda Xorazm viloyati Yangiariq tumanida tugʻilgan, shu tumanning Kattabogʻ qishlogʻida yashovchi Karimbergan Shonazarov ismli shaxs sodir etgan[1].

Yangiariq tumani Ichki ishlar boshqarmasi va Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor qidiruv tadbirlarida mana shu qishloqdan topilgan[6][7].

Erkak blogerning umumiy qiymati 31 million soʻmdan ortiq boʻlgan taqinchoqlarini oʻgʻirlab ketish bilan birgalikda marhumning bank kartasidan hisob raqamiga 1 million soʻm ham oʻtkazib olgan, va uni onlayn qimor oʻyinlariga sarflagan[7].

Shu yilning yanvar oyi boshlarida ham Asalhoney oʻldirib ketilgani toʻgʻrisida yolgʻon xabarlar tarqalgan edi. Oʻshanda poytaxt IIB buni rad etgan[8].

Qotillikning kelib chiqishi

tahrir

2021-yilning yozida ayblanuvchi Asal Xoʻjayeva bilan internet orqali tanishgan. Ayblanuvchi bir kecha uchun toʻlashi kerak boʻlgan 300 AQSh dollari yoʻq ekanligini taʼkidlaganidan soʻng tomonlar oʻrtasida ziddiyat kelib chiqadi. 2022-yilning fevral oyida ayblanuvchi Xoʻjayeva bilan qayta bogʻlandi. Bloger ayblanuvchini tanib qolib, soʻka boshlagani sababli Karimbergan qasos olishga qaror qiladi va ijtimoiy tarmoqlar orqali bloger manzilini topib, uyiga bostirib boradi.

Tergov davomida ayblanuvchi jinoyatni “Pichoq mening oʻng qoʻlimda edi. U qochib ketmoqchi boʻldi, lekin men darhol uning qorniga pichoq suqdim. U yiqilib, qichqirdi. Men pichoqni shu yerga qoʻyib, uni boʻgʻa boshladim”, deb taʼriflaydi.

Ayni vaqtda erkak tunni oʻzi qotiliga aylangan Asal Xo‘jaeva bilan oʻtkazgan boʻlgan[9].

Sud hukmi

tahrir

2022-yil 9-avgust kuni Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Shayxontohur tuman sudi bloger Asal Xoʻjayeva (Asalhoney)ning oʻlimida Xorazm viloyatida tugʻilgan Karimbergan Shonazarovni Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi „i“ bandi (gʻaraz niyatda qasddan odam oʻldirish) va 3-qismning „v“ va „d“ bandlari, 164-moddasi (Uyga qonunga xilof ravishda kirib, badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan aybdor deb topib[1], 16,5 yilga ozodlikdan mahrum qildi[1][10].

Shu bilan birgalikda, Jinoyat ishi boʻyicha „Ipak Yoʻli“ OAITB Chilonzor filialida saqlanayotgan 10,269,000 soʻm miqdordagi pulni jabrlanuvchining qonuniy vakiliga qaytarilishi va sudlanuvchidan qonuniy vakil foydasiga 20,849,899 soʻm qoplanmagan zarar undirilishi belgilandi[1][11].

Bloger bilan sodir boʻlgan boshqa jinoiy hodisalar

tahrir

2020-yilning 5-may oqshomida bloger oʻzi yashaydigan uyida bir erkakning hujumiga uchragandi. Erkak uni urib, tanasini skotchlab ketgan edi. Oʻshanda Asalhoney ichki ishlar xodimlari tomonidan qutqarilgan[12][8].

Keyinchalik ma’lum boʻlishicha, talonchilar jabrlanuvchining uyiga kirib olish uchun gul yetkazib berish xizmatidan kelganliklari, yetkazib berilganligini tasdiqlash uchun qogʻozga imzo qoʻyish zarurligini aytgan. Ayol eshikni ochishi bilan uni urib, ichkariga kirgan va Asalhoneyga tahdid qilib, skotch bilan tanasini bogʻlagan hamda 220 AQSh dollari va 1 000 000 soʻm miqdoridagi pullarini oʻgʻirlagan[8].

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va jazolangan[8].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 „Убийцу блогера Asalhoney приговорили к 16,5 годам тюрьмы“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  2. „"Asalhoney" номи билан танилган insta-блогер ўз уйида ўлдириб кетилганлиги ҳақида“.
  3. „В Ташкенте убита Insta-блогер Асалхоней“. https://uznews.uz. Uznews. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  4. 4,0 4,1 „“Asalhoney” qotilligida gumonlangan shaxs ushlandi“. https://qalampir.uz. Qalampir.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  5. „Asalhoney nima uchun o‘ldirib ketilgani ma’lum bo‘ldi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  6. „Asal Honey’ni o‘ldirgan qotil ushlandi. U nega bu ishga qo‘l urganini aytdi“. https://aniq.uz. Aniq.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  7. 7,0 7,1 „Преступник рассказал, как убивал инста-блогера Asalhoney“. https://uznews.uz. Uznews. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  8. 8,0 8,1 8,2 8,3 „Bloger Asalhoney Toshkentdagi uyida o‘lik holda topildi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  9. „Man who killed Asalhoney handed 16.5 years prison sentence“. http://tashkenttimes.uz. The Tashkent times. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  10. „Man who killed Asalhoney handed 16.5 years prison sentence“. http://tashkenttimes.uz. The Tashkent times. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  11. „Bloger Asalhoney`ning qotili 16,5 yilga qamaldi“. https://www.gazeta.uz. Gazeta.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.
  12. „Asalhoney o‘z uyida o‘lik holda topilgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi“. https://daryo.uz. Daryo.uz. Qaraldi: 2024-yil 5-mart.