Asalari boʻrisi
Asalari boʻrisi, filant (Philanthus triangulum) — kovlovchi arilar (sphecidae) oilasiga mansub xasha-rot. Uzunligi 17 mm gacha, yerdagi kovaklarga, koʻpincha uncha katta boʻlmagan jarli-klarga uya quradi. Urgʻochisi oʻz naslini falajlangan arilar bilan boqadi yoki ular yiqqan nektardan foydalanadi. Filantlarning boshqa turlari yakka yashovchi arilarni ovlaydi. Asalari boʻrisi asalarichilikka katta ziyon keltiradi. Kurash chorasi asalarilar bo-qiladigan joylar yaqinidagi Ab. uya qurishi mumkin boʻlgan, foyda-lanmaydigan joylarni haydab, ularning uyalarini buzib tashlashdan iborat.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |