Asalarilardan qoʻrqish (yoki ari chaqishidan qoʻrqish), texnik jihatdan melissofobiya deb nomlanadi (qadimgi yunoncha: μέλισσα , melissa, „asal ari“ +, qadimgi yunoncha: φόβος , phobos, „qoʻrquv“) va shuningdek, apifobiya (lotincha: apis „asal ari“ + qadimgi yunoncha: φόβος , phobos, „qoʻrquv“) deb ham ataladi. Odamlar orasida keng tarqalgan qoʻrquvlardan biri boʻlib, oʻziga xos fobiya turidir. 

Asalari

Aksariyat odamlarni yoki ularning yaqinlari, doʻstlari va oila aʼzolari asalari chaqishi mumkin. Bola tashqarida oʻynab, asalarilarni bosib, oʻldirib qoʻyishi va natijada ari nishi bola tanasiga kirib uni jarohatlash hollari kuzatiladi. Bunday holatda qattiq qichishish boshlanishi va baʼzi odamlarda bir necha kungacha toʻxtovsiz davom etishi va shish paydo boʻlishi mumkin. Jarayon anafilaksiya kabi allergik reaksiyalarni qoʻzgʻatishi ham mumkin, shuning uchun asalarilarga nisbatan qoʻrquvning rivojlanishi juda tabiiydir.

Kattalardagi asalarilarning oddiy (fobik boʻlmagan) qoʻrquvi odatda bilimlarning yetishmasligi bilan bogʻliq. Asalarilar oʻz uyasini himoya qilish uchun yoki tasodifan bosib olinganda hujum qilishini va dalada vaqti-vaqti bilan uchib yuradigan asalarilar keng jamoatchilikka hech qanday xavf tugʻdirmasligini koʻpchilik bilmaydi. Bundan tashqari, Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi hasharotlar chaqishiorasida asal ari bilan sodir boʻlgan holatlar koʻpincha sariq gulli kiyimlar kiyish sababli yuzaga keladi.

Odamlardagi asalarilardan asossiz qoʻrqishi ekologiyaga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Asalarilar muhim changlatuvchilardir va odamlar qoʻrquvda asalarilarning yovvoyi koloniyalarini yoʻq qiladilar, shu orqali ular atrof-muhitga zarar yetkazadilar va asalarilarning yoʻq boʻlib ketishiga sabab boʻlishlari mumkin[1].

Ekinlarni changlatish uchun asalari koloniyalarini ijaraga olish[2] Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi asalarichilarning asosiy daromad manbai hisoblanadi, ammo aholi orasida asalari qoʻrquvi koʻpaygani sari, mahalliy aholining eʼtirozlari kuchayib bormoqda. Shu sababli, koloniyalar uchun joy tanlash muammoli boʻlib qolgan.

Davolash

tahrir

Ongostiga taʼsir qilish terapiyasi asalarilardan qoʻrqadigan odamlar uchun samarali davolash usuli ekanligi isbotlangan. Odamlar qulay ochiq muhitda, masalan, park yoki bogʻda sayr qilishlari va uzoq vaqt davomida asta-sekinlik bilan asalarilarga yaqinlashishi tavsiya etiladi.

Asalarilarni kamera yoki smartfonda suratga olish ham samarli usullardan biri ekanligi isbotlangan. Chunki asalarilarni masofadan turib (ekran orqali) koʻrish ishonchni mustahkamlashga yordam beradi. Vaqt oʻtishi bilan odamlar yaxshiroq suratga olish uchun asalarilarga yaqinlashishlari mumkin.

Bu jarayon davomida shoshmaslik kerak. Odamlar oʻzlarini qulay his qilishlari, asalarilarni yaqindan tomosha qilishni oʻrganishlari uchun koʻp vaqt sarflashlari mumkin.

Asalarilar haqida oʻrganish, ularning ekologiyasini tushunishga yordam beradi, natijada qoʻrquvning nooʻrin ekanligi asoslanadi va asalarilar odamlarni chaqishni xohlamasligini tushunib yetishadi.

Bolaning asalarilarga nisbatan boʻlgan qoʻrquvini yengishda tavsiya etilgan usullardan yana biri, qoʻrquvga qarshi turishni oʻrgatishdir (oʻziga xos fobiyalarni davolashda umumiy yondashuv)[3], biroq asalari qoʻrquvidan qutilish dasturlari turlicha boʻlishi ham mumkin.

Manbalar

tahrir
  1. „The Birds, the Bees, and the Flying Foxes: Pollinators in Jeopardy“. Holt, Rinehart, Winston. Qaraldi: 2014-yil 22-mart.
  2. „The progress of Africanized Bees in the United States (1990-1995)“ and online version of an article from California Agriculture, 51:22-25
  3. Fighting childrenʼs fears, fast, from Monitor on Psychology, Volume 36, No. 7, 2005, by American Psychological Association