Asaldarakchilar (Indicatoridae) -qizilishtonlar turkumi oilasi. 11 tacha turi bor. Afrika va Janubi-Sharqiy Osi-yoda tarqalgan. A. chumchukdan kattaroq boʻlib, oʻrmonlarda yashaydi. Koʻp turlari hasharotlar va baʼzi turlari asalari lichinkalari, gʻumbaklari va mumi bilan oziqlanadi. Terisi qalin boʻlgani uchun asalarining chaqishi ularga taʼsir etmaydi. A. tuxumini boshqa kushlar iniga qoʻyadi. Joʻjalari yuqori va past-ki jagʻlaridagi tishga oʻxshash oʻsimtasi yordamida in egasining joʻjalarini oʻldiradi. A.ning oʻzi asalari uyasiga yetolmaydi, ular ari uyasi yaqinida chi-rillab, oʻrmonda yurgan odam yoki asalxoʻr hayvonʼeʼtiborini tortadi. A. odam yoki hayvon buzgan uyadagi asal qoldiqlari va mum bilan oziqlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil