Asalxoʻrlar
Asalxoʻrlar (Meliphagidae) – sayroqi chumchuqsimonlar oilasi, uz. 10 – 35 sm. Tumshugʻi ingichka, bir oz egilgan. Tili yordamida gul nektarini soʻrib oladi. 160 – 170 ga yaqin turi bor, Yangi Gvineya, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Okeaniya va Gavay o.larida, bir turi Janubiy Afrikada tarqalgan. Daraxtlar va butalarda yashaydi. 1 – 4 tadan tuxum qoʻyadi. Juda chiroyli ohangda sayraydi. Gul nektari, changi, hasharotlar va mayda mevalar bilan oziqdanadi. Oʻsimliklarni changlatib foyda keltiradi. 2 turi va 2 kenja turi Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotning Qizil kitobiga kiritilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |