Asan Murtazayev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Asan Murtazayevich Murtazayev (1900.20.11, Yevpatoriya – 1983, Toshkent) — fizik kimyogar. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1961), kimyo fanlari doktori (1950), professor (1950), Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan (1930). Oʻrta Osiyo geologiya-qidiruv instituti xodimi (1930–31), Oʻrta Osiyo universitetida dotsent (1936–42), Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika institutida (1937– 42), Toshkent farmatsevtika institutida (1943–77) kafedra mudiri. Ilmiy ishlari fizik kimyo va elektrokimyoga oid. Murtazayev rahbarligida metallangan grafit elektrodni potensiometrik titrlashda qoʻllash usuli ishlab chiqilgan.[1][2]
Manbalar
tahrir- ↑ "MURTAZAYEV Asan Murtazayevich" OʻzME. M-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Ташкентский Фармацевтический Институт, 2018-03-22da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-07-30
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |