Asbest-sement buyumlar – asbest va sement qorishmasidan tayyor-lanadigan qurilish materiallari. List-simon, quvursimon xillarga boʻlinadi. Tomga yopiladigan shakldor listlar va yassi plitalar hamda plitachalar turar joy, jamoat va ishlab chiqarish binolari tomiga yopishda ishlatiladi. Presslab tayyorlan-gan va presslanmagan naqshli pardozlash plitalari turar joy va jamoat binolarining yordamchi xonalarini pardozlash-da, devor panellariga qoplashda ishlati-ladi. Maxsus ishlarga moʻljallangan bu-yumlarga ventilyatsiya qutilari, issiqlik izolyatsiyasini mexanik shikastlanishlardan saqlaydigan yarim silindrlar, metropolitenning gumbazeimon ele-mentlari va boshqa kiradi. Quvursimon A.-s. b.ga vodoprovod quvurlari (bosimli va bosimsiz), gaz quvurlari va oʻtish kuvurlari kiradi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil