Aseb (Assab) – Eritreyaning januisharqidagi shahar. Qizil dengiz boʻyidagi port. Addis-Abeba bilan katta yoʻl orqali bogʻlangan. Aholisi 30 ming kishidan ortiq. 1890–1941-yillar Italiya, 1941–45 yillar Buyuk Britaniya qoʻl 736ostida, 1993-yildan mustaqil Eritreya tarkibida. Neftni qayta ishlash va se-ment zavodlari; oziq-ovqat va toʻqimachilik korxonalari bor. Osh tuzi qazib olinadi. Aeroport bor. Port orqali chetga qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqariladi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil