Asfalt-beton yotqizish mashinasi

Asfalt-beton yotqizish mashinasi – asfalt-beton, bitum va mineral aralashmasini bir tekis yoyib, zaminga yotqizadigan kurilma. Ish unumdorligi boʻyicha oʻta ogʻir (300 t/soatdan ortiq), ogʻir (150–300 t/soat), oʻrtacha (75–150 t/soat) va yengil (25 t/soat gacha) turlarga, yurish qismining turi boʻyicha gusenitsali, gʻildirakli va aralash xillarga boʻlinadi. Oʻzi agʻdaradigan avtomashinadan kurilma bunkeriga tashlangan aralashma kurakli ta’minlash shneklariga uzatiladi; shnek aralashmani zarur kenglikda yoyadi. Shib-balovchi gʻaltak aralashmani tekislaydi va zichlaydi. Yotqizilgan qatlamni te-kislash plitasi pardozlaydi. Aralashma plitaga yopishmasligi uchun u maxsus ku-rilma bilan qizdiriladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil