Asfaltlash
Asfaltlash — Avtomobil yoʻllari, ko'cha, aerodrom va hokazoga asfalt-beton qoplamalar yotqizish; asfalt-beton qorishmalarni oldindan tayyorlangan zaminga yotqizish va zichlash. Asfalt-beton bir yoki ikki qavat qilib yotqiziladi. Ikki qavatli asfalt-betonning ostki qavati 4—5 smli yirik donali shagʻal, ustki qavati oʻrtacha, mayda donali shagʻal yoki qumli boʻladi va qalinligi 4 sm ga yetadi. Serqatnov yoʻllar va shoh koʻchalarga umumiy qalinligi 12—15 sm ni tashkil qiladigan 3—4 qatlam qoplanadi. Asfaltlashning uch usuli bor: 1. Qizdirilgan asfalt-beton yotqizib, soʻngra tekislash va shibbalash; 2. Sovuq asfalt-beton yotqizib, yengil gʻaltaklar bilan tekislash 3. 250—500 kg/sm2 bosim ostida tayyorlangan plitalar yotqizish. Hozir Asfaltlash ishlari toʻla mexanizatsiyalashtirilgan[1].
Manbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |