Ashin – qadimgi turkiy urugʻlardan birining boshligʻi. U ikkinchi Hunnu saltanati davrida hunnular xoni Mu-gonxonga qaram boʻlgan. Saltanat tabgʻach (tobos) xonlari tomonidan yemirilgach (439), A. 500 uylik urugʻi bilan Oltoy oʻlkasining togʻli tumanlariga koʻchib oʻtgan. A. urugʻi boshqa turkiy urugʻlar bilan qoʻshilib, turk yoki turkut (turklar) degan nom bilan mashhur boʻla boshlagan. Biroq tabgʻach xonlari qoʻl ostidagi ju-jan (moʻgʻul urugʻlari) xonlariga qaram edi. A. oʻlgach, uning avlodlari teleut (turkiy qavmlardan biri) va boshqa turkiy qabilalar bilan ittifoq tuzib (545), ju-janlarga qarshi kurash boshladi. Bu ku-rash natijasida sharqda Koreya, gʻarbda Bolqon yarim oroldagi Adirna (hozirgi Edirne) shahrigacha, janubida Kavkaz, Eron, Afgʻoniston, Tibetgacha, shimoliyda Sibirning Shimoliy mintaqalarigacha choʻzilgan keng hududda birinchi ulugʻ xoqonlar davlati tuzildi. A. avlodlari 8-asrdagi Gʻarbiy turk xoqonligini hamda 10-asr gacha davom et-gan Xazar xo-qonligini ham boshqargan.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil