Al-Ashrafiya masjidi va madrasasi yoki Ashrafiya masjidi (arabcha: جامع ومدرسة الأشرفية) — Yamanda joylashgan qadimiy Taiz shahri janubi-gʻarbiy qismida qad rostlagan Sabr togʻining etagida joylashgan tarixiy bino. Ushbu meʼmoriy obida Taiz shahrining saqlanib qolgan eng mashhur obidasidir. Bino Mudhaffar masjidi bilan birgalikda Yaman davlatining islomiy tarixidagi eng muhim markazlardan biri hisoblanadi[1]. Qurilish ishlari ikki podshoh hukmdorlik qilgan davr mobaynida davom etgan. Dastlab, sulton Al-Ashraf Umar II (12951296; hijriy 800-yillar), keyinchalik, sulton Al-Ashraf Ismoil I (13771400) masjid qurilishi uchun homiylik qilishgan. Qurilish ishlari nihoyasiga yetib, masjid rasman ochilishi 1382-yilga (hijriy 803-yillar) toʻgʻri keladi. Masjid va madrasani oʻz ichiga olgan obida Ashrafiya mahallasida joylashgan. Atrofi bir qator boshqa binolar va Qohira qal'asi bilan oʻrab olingan[2]. Masjid taxminan 120 dan 800 gacha namozxonga moʻljallangan[3].

Masjid
Ashrafiya
جامع ومدرسة الأشرفية
Joylashuvi Taiz, Yaman
Koordinatalar 13°34′08″N 44°00′32″E / 13.56889°N 44.00889°E / 13.56889; 44.00889 G OKoordinatalari: 13°34′08″N 44°00′32″E / 13.56889°N 44.00889°E / 13.56889; 44.00889 G O
Masjid turi Masjid, Madrasa
Meʼmoriy uslub Islomiy arxitektura
Binokorlik 1275—2004—2015 (restavratsiya)\
Gumbazlar soni 9 ta
Minoralar soni 2 ta
Qurilish materiallari tosh, gips, suvoq
Holati aktiv

Arxitekturasi tahrir

Masjid qurilishida qadad — ohak, moy va suv bilan ishlov berilgan qorishmadan foydalanilgan. Masjid yomg‘ir oʻtkazgichlar ustiga qurilgan, inshootning poydevor qismi uchun qizil g‘ishtdan foydalanilgan[3]. Masjidning shimoliy qismida joylashgan namozxona ushbu masjidning asosiy maydoni hisoblanadi. Binoning ushbu qismi sharqdan gʻarbga, taxminan 25,40 metr hamda shimoldan janubga kengligi 7,65 metr boʻlgan katta toʻrtburchak hududni oʻz ichiga oladi.

Masjid markazi rang-barang naqshlar bilan bezatilgan katta gumbaz bilan oʻralgan[4]. Gumbaz maydoniga ikkita alohida yoʻlak bir-biriga ulangan boʻlib, har biri toʻrtta nisbatan kichik gumbazlar bilan qoplangan. Masjidning ilk tuzilishi namozxona va sakkizta kichikroq gumbazdan iborat boʻlgan. Birinchi bosqichda masjidda sakkizta kichik gumbazli namozxona boʻlgan[5].

Galereya tahrir

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Kelly, Mike. My Shadow on the Clouds. Lulu Press — 119 bet. 
  2. „جامع الأشرفية“. yemen-nic.info. Qaraldi: 6-iyun 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 „Al-Ashrafiya Mosque: A Historical Madrasa-Mosque in Taiz by Nezar Moqbel“ (inglizcha). Al-Madaniya Magazine (18-mart 2021-yil). Qaraldi: 7-iyun 2021-yil.
  4. مقبل, سالم عبدالغنى (2016). „النقوش التأسيسة والقرآنية فى المدرسة الأشرفية بمدينة تعز فى اليمن“. مجلة جيل العلوم الإنسانية والاجتماعية. 23-bet. doi:10.33685/1316-000-024-002.
  5. Unknown (1295–1296). „Mosque-Madrasa of al-Ashrafiyya“ (inglizcha). {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)