Ashugandj
Ashuganj (bengalcha: আশুগঞ্জ ,inglizcha: Ashuganj) — Bangladeshning sharqiy qismidagi Chittagong shahridagi Brahmanbariya tumanida joylashganshaharchadir, u Meghna daryosi deltasida joylashgan. Markazning dengiz sathidan balandligi atigi 10 metrni tashkil qiladi. Aholisi 145 828 kishi, shundan 140 119 nafari musulmonlardir. Shaharning umumiy maydoni 67,59 kv.km ni tashkil qilladi.
Shahar Ashuganj porti va mamlakat, ayniqsa, poytaxt uchun elektr energiyasining katta qismini ishlab chiqaradigan elektr stantsiyasi bilan juda mashhurdir. Bangladesh elektr energiyasining qariyb 25 foizi Ashugonj issiqlik elektr stansiyasi ishlab chiqaradi. Ashuganj yirik daryo portiga ega savdo markazi sifatida ham keng tanilgan. Ashugonjda Hindiston bilan bogʻlovchi tranzit temir yoʻl liniyasi ham bor. Shaharni oziqlantiradigan asosiy daryosi bu — Meghna.
Shaharda 205 ta masjid, 14 ta oʻrta va 46 ta boshlangʻich maktab joylashgan boʻlib, aholining savodxonligi 45 foizni tashkil qiladi. Uchinchi Hind-Pokiston urushi (1971) yillarida shaharda katta vayronagarchiliklar bilan birga harbiy harakatlar davom etardi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ashuganj Upazila - Banglapedia“ (en). en.banglapedia.org. Qaraldi: 2022-yil 11-aprel.