Asketizm (qadimgi yunoncha: ἄσκησις - asketes – biror narsa bilan mashgʻul boʻlish) – qarang Zohidlik. Zohidlik, asketizm — tarki dunyochilik, saqlanish. Xudoning marhamatiga musharraf boʻlish uchun tarki dunyo qilish zarurligi haqidagi diniy tasavvur. Zohidlik xristianlikda monaxlikda koʻrinsa, islomda darvishlik, chilla oʻtirish, roʻza tutish, zikr tushish kabilarda namoyon boʻladi. Tasavvufda Zohidlik Allohning zikriga xalal beruvchi barcha narsalarni tark etish demakdir. Bunda Allohga shirk keltirishdan saqlanish va ibodatda riyodan xoli boʻlish, barcha gunoxlardan va harom narsalardan saqlanish va nihoyat ortiqcha dunyoviy ashyolarga mexr qoʻymaslik nazarda tutiladi. Shariat va tariqat odoblariga bu xilda rioya etishni Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, Xoʻja Ahror, Najmiddin Kubro va b. targʻib etganlar[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil