Asosiy oʻgʻit
Asosiy oʻgʻit – Ekinlari kilishidan oldin tuproq qas olinadigan oʻgʻit. Asosiy deb atalishining sababi shuki, uning tarkibida ayni uchastkaga moʻljallangan oziq moddalarning koʻp qismi boʻladi. Asosiy oʻgʻit butun vegetatsiya davrida oʻsimlikning oziqlanishini taʼminlaydi. Asosiy oʻgʻitni tuproq-ikdim sharoiti, oʻgʻitlarning xususiyati, xoʻjalikda mavjudligi va boshqalarga qarab kuzda yoki bahorda solish mumkin. Odatda fosforli oʻgʻitlar umumiy miqdorining yarmidan koʻpi yoki 65 – 75 %, kaliyli oʻgʻitlarning 50 % va organik oʻgʻitlarning deyarli hammasi Asosiy oʻgʻit sifatida solinadi. Shudgorlashdan oldin faqat superfosfatni emas, ammofosni ham solish mumkin. Shoʻr yerlarga oʻgʻitlar yer shoʻri yuvilganidan keyin solinadi.[1].
Manbalar
tahrirHavolalar
tahrir- http://referat.arxiv.uz (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |