Muhammadvali Asqarov, Vali qori (1909 – Toshkent – 1949) – oʻymakor usta, duradgor. Oʻymakorlik san’atini otasi Asqar hoji va amakisi Sulaymon Xoʻjayevdan oʻrgangan. A. bagʻdodi oʻymakori eshiklar, kursi va boshqa badiiy buyumlar tayyorlagan, ayniqsa, pargari oʻyma naqshni mohirlik bilan ba-jargan. A. tayyorlagan (1940, S. Xoʻjayev bilan birgalikda) sakkiz qirrali xontaxta Oʻzbekiston davlat san’at muzeyida saqlanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil