Asror Joʻrayev(1911.22.11 – Samarkand – 1983.28.11) — rejissyor va aktyor. Oʻzbekiston xalq artisti (1950). Maxsus rejissyorlik kursini tugatgan (Moskva, 1939, 1948). Ijodiy faoliyatini "Koʻk koʻylak" havaskorlik truppasida boshlagan. 1930 yildan Samarqand teatrida aktyor, 1933 yildan rejissyor (1940 – 44, 1948 – 57 bosh rejissyor). 1964 yildan Samarqand opera va balet teatrida rejissyor Aktyor sifatida Oʻlmas ("Yondiramiz"), Yegor ("Oila") kabi obrazlarni yaratgan. Eng yaxshi spektakllari: "Davron ota", "Hamshahar yigit", "Nurxon", "Alisher Navoiy", "Shohi soʻzana", "Sepsiz qiz", "Nodira" va boshqalar. Shuningdek, "Dilerom" (M. Ashrafiy), "Tohir va Zuhra" (T. Jalilov), "Maysaraning ishi" (S. Yudakov), "Farhod va Shirin" (V. Uspenskiy, G. Mushel) kabi operalarni sahnalashtirgan. Jizzax, Qashqadaryo viloyat musiqali drama teatrlari, Kattaqoʻrgʻon drama teatri sahnalarida ham spektakllar qoʻygan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil