Asror Yangiyev
Asror Abdixamidovich Yangiyev (1963-yil, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.
Asror Yangiyev | |
---|---|
Tavalludi |
1963-yil Buxoro viloyati, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti |
Taʼlimi | Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti |
Ilmiy darajasi | texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirAsror Yangiyev 1963-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan[1]. 1980-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining „Gidrotexnika qurulishi“ fakultetini injener-gidrotexnik mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Mehnat faoliyatini 1985—1987-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutida boshlab, gidrotexnika inshootlari kafedrasida assistenti, 1987—1991-yillarda Moskva Gidromelioratsiya instituti stajyor-oʻqituvchisi va aspiranti, 1991—2004-yillarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti „Gidrotexnika inshootlari“ kafedrasi assistenti va dotsenti, 2004—2008-yillarda Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti „Gidrotexnika inshootlari va muhandislik konstruksiyalari“ kafedrasi dotsenti va „Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish“ fakulteti dekani muovini, 2008—2009-yillarda „Irrigatsiya gidrotexnika inshootlarini qurish va ulardan foydalanish“ fakultet dekani lavozimida ishlagan[1]. 2009—2017-yillarda dotsent, 2017-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti „Gidrotexnika inshootlari va muxandislik konstruksiyalari“ kafedrasi professori va magistratura boʻlimi boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda[1].
Oilasi
tahrirOilali, 3 nafar farzandi bor[1].
Ilmiy faoliyati
tahrirIlmiy faoliyati davomida 250 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar, shu jumladan, hammualliflikda 10 dan ortiq darslik va oʻquv qoʻllanmalar, monografiyalar, 6 ta foydali model uchun patent va kompyuter dasturlari uchun guvohnomalar, 15 ta tavsiyanomalar chop qilgan[1]. 1991-yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 2016-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Suv xo‘jaligi a’lochisi va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan[1].
Manbalar
tahrir