Assidiyalar
Assidiyalar (Ascidia) – qobiqlilar kenja tipining sinfi. Uzunligi 0,1 mm dan 30 sm gacha, yakka yoki kolo-niya boʻlib yashaydi. Xaltasimon tanasi qalin qobiq (tunika)ga oʻralgan, ustki tomonida ogʻiz teshigi va kloaka sifoni joylashgan, ostki tomoni bilan suv tubiga yopishgan. Halqumi devorida joylashgan juda koʻp jabra yoriqlari jabra oldi boʻshligʻiga ochiladi. Bu boʻshliqqa jin-siy yoʻllar, kloakaga orqa ichak ochiladi. Ikkilamchi tana boʻshligʻi halqum devo-ridan hosil boʻlgan bir juft nay – pe-rikard va epikarddan iborat. Voyaga yetgan A.da xorda, nevrotsel kabi xordalilar uchun xos boʻlgan belgilar boʻlmaydi, le-kin lichinkasida bu organlar rivojlan-gan. Jinsiy va jinssiz yoʻl bilan koʻpayadi. Lichinkasi erkin yashaydi. A.ga bir necha turkum, 100 urugʻ va 2000 ga yaqin tur kiradi. Deyarli hamma dengizlarga tarqalgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |