Asso (shahar xarobalari)
Asso – Turfon vodiysi (hozirgi XXR hududi)dagi qadimgi shahar harobalaridan biri; rus sayyohlari G. Ye. Grumm-Grjimaylo va D. A. Klemenslarning koʻrsatishicha, A. daryo sohilida joylash-gan, keyinchalik shaharning koʻp qismi qum ostida qolib ketgan, faqat shahar oʻrdasining harobalarigina saqlanib qolgan. U tevarak-atrofi qalin devor bilan oʻralgan toʻrtburchakli qal’aga oʻxshaydi. Oʻrdaning asosiy qismi bir necha qavat, tepasi gumbaz shaklida. Oʻrdaning ichi (hovlisi)da qurbonlik qilinadigan supacha saqlangan. Uy-imoratlarning qurilish usuli Buxorodagi Varaxsha xa-robalariga oʻxshab ketadi. A. va Turfon vodiysidagi boshqa harobalar uygʻur idiqutparining davriga oid boʻlib, moʻgʻullar hukmronligi davrida ham oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Faqat Chigʻatoy xonlarining hukmroiligi davridagi-na (14– 16-asrlar) Sharqiy Turkiston shaharlari tushkunlikka uchrab, harobaga aylandi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |