Assotsiatsiya (biologiya)
Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Assotsiatsiya (biologiyada) – tuzili-shi va turlar tarkibi bir xil, turlarining tashqi muhit va bir-biri bilan muno-sabatlari oʻxshash boʻlgan fitotsenozlar majmui. A,– oʻsimliklar tasnifining asosiy birligidir. U muayyan muhit sharoiti – iqlim, tuproq va hayvonlar tarkibi bilan bogʻliq. Bitta A.ga mansub oʻsimliklarning rivojlanish muddatlari va yashash sharoiti oʻxshash boʻladi. Har bir A. boshqasidan oʻsimliklar qoplamining muayyan mahsuddorligi bilan farq qiladi. Tashqi muhit sharoiti va flora tarkibi oʻzgarishi bilan A. ham oʻzgaradi. Masalan, Yevropaning hozirgi keng barg-li oʻrmonlari uchlamchi davrdagi nina bargli oʻrmonlar oʻrniga paydo boʻlgan. Oʻz navbatida bu oʻrmonlar oʻrnida kelajakda boshqa oʻsimliklar A.si vujudga keli-shi mumkin. Har bir A. oʻz arealiga ega. Relef, gidrolik rejim va tuproq sharo-itining oʻzgarishi, antropogen omillarning bevosita (yerlarning uzlashtirili-shi, gidrotexnik inshootlar qurilishi) yoki bilvosita (mol boqilishi) taʼsi-rida A. tubdan oʻzgarishi mumkin. Tur-li A.ning nomi ular tarkibida eng koʻp uchraydigan bitta yoki bir nechta oʻsimlik orqali ifodalanadi (mas, choʻl sharo-itida qoʻngʻirbosh-shuvoq yoki saksovul A.si; toʻqaylarda qamish-qiyoq, qizilmiya- ajriq yoki turangʻil-terak A.si; togʻlarda yongʻoq-togʻolcha, doʻlana-olma yoki archa A.si). A.ni baholashda dominant oʻsimlikning xususiyatlari hisobga oli-nadi. A. tushunchasi oʻsimliklar krpla-mini haritaga tushirish, ular uchun mos boʻlgan hududlarni toʻgʻri rayonlashtirish va tabiiy resurelardan oqilona foy-dalanish kabi muammolarni hal etishda katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |