Astronomik punkt
Astronomik punkt – Astronomik kuzatishlardan kenglama va uzunlamasi hamda yoʻnaltirilgan predmet azimuti topilgan yer yuzasidagi nuqta. Baʼzi Astronomik punktlarda yuqoridagi u yoki bu parametr aniqlanmagan boʻlishi mumkin. Agar Astronomik punkt triangulyatsion punkt bilan mos tushadi va unda uch astronomik kattalik aniqlangan boʻlsa, u Laplas punkta deyiladi. I va II darajali triangulyatsiyada Astronomik punkt har 70–100 kmda aniqlanadi. Oddiy Astronomik punktdan tashqari boshlangʻich Astronomik punkt ham boʻladi. Ularda astronomik uzunlama alohida eʼtibor va aniqlik bilan topiladi. Ular kuzatuvchining xususiy xatolarini aniqlash uchun xizmat qiladi[1].
M<anbalar
tahrirHavolalar
tahrir- Maʻlumotlar ombori (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |