Astropolyarimetriya (asto… va yunoncha polaris – qutbga oid, metreo – oʻlchayman) – osmon yoritqichlari nurining qutblanish darajasini oʻlchab, ularning ayrim fizik xususiyatlarini oʻrganuvchi astrofizik usul. Yoritqich nurining qutblanish darajasi polyarimetr vositasida oʻlchanadi. Polyarimetrik oʻlchashlar vizual, fotografik va fotoelektrik usullar bilan bajariladi. Yoritqichdan kelayotgan nur astrofotometri tushishidan oldin Zaryad aloqasiga asoslangan matritsali Quyosh teleskopi polyarizator orqali oʻtadi. Polyarizatorni oʻz oʻqi atrofida aylantirib, fotometrga tushayotgan nurning intensivligi oʻlchanadi. Nur qutblanmagan boʻlsa, polyarizatorni aylantirganda uning intensivligi oʻzgarmaydi. Agar nur qutblangan boʻlsa, polyarizatorning maʼlum aylanish burchagida uning intensivligi eng kuchli (Imax) boʻladi. Yoritqich nurining qutblanish darajasi deb p =(Imav– Imin) /(Imav+Imin) kattalikka aytiladi.

Koʻpginayulduzlar, Quyoshtoji, sayyoralar, Oy sirti ayrim qismlarining nurlari qutblanganda Astropolyarimetriya Anashu qutblangan nurlarning paydo boʻlish sabablarini hamoʻrganadi. Masalan, Quyosh tojining 50 % igacha qutblangan nurlar va fotosfera nurining tojdagi tez elektronlarga sochilishi natijasida hosilboʻladi. Osmon yoritqichlarining fizik tabiatini oʻrganishda Astropolyarimetriya Qoʻshimcha fizik maʼlumot beradi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar

tahrir