Asuman Özdağlar yoki Asu Özdağlar (1974-yil 16-dekabrda tugʻilgan) – oʻyin va optimallashtirish nazariyasi boʻyicha amalga oshirgan tadqiqotlari bilan mashhur boʻlgan turk olimi hisoblanadi. Asuman Özdağlar Yaqin Sharq texnika universitetining elektr va elektronika fakultetini tamomlagan. 1996-yilda AQShga borib taʼlim olishni boshlagan, 2003-yilda Massachusets texnologiya institutida magistratura va doktoranturasini tamomlagan.[1] Keyinchalik ham shu yerda ishlay boshlagan. Asuman Özdağlar 2012-yildan keyin professor unvonini olgan. 2017-yil dekabr oyida institutning „Elektrotexnika va kompyuter fanlari“ kafedrasi mudiri etib tayinlangan.[2]

Asuman Özdağlar
Tavalludi 1974-yil 16-dekabr
Fuqaroligi Turkiya
Kasbi Muhandis
Sohasi Elektronik muhandisligi
Ish joylari Massachusetts Institute of Technology
Ilmiy darajasi Akademik

Uning otasi Turgut Oʻzalning birinchi kabinetida neft ishlarini boshqargan sobiq parlament aʼzosi va Davlat vaziri Ismoil Oʻzdagʻlar[3] va turmush oʻrtogʻi MIT iqtisod professori va taniqli iqtisodchi Daron Acemogʻlu boʻlgan.

Manbalar tahrir

  1. https://web.archive.org/web/20161010124947/https://asu.mit.edu/
  2. http://www.cumhuriyet.com.tr/m/haber/turkiye/883769/Profesor_Asuman_Ozdaglar_MIT_te_bolum_baskani_oldu.html
  3. http://www.hurriyet.com.tr/ozal-ozdaglar-i-hemen-yuce-divan-a-sevk-etmisti-160188
  1. „Asu Ozdaglar“. MIT. 10 ekim 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 aralık 2017.
  2. „Profesör Asuman Özdağlar MIT’te bölüm başkanı oldu“. Cumhuriyet. Qaraldi: 18 aralık 2017.
  3. „Özal, Özdağlar’ı hemen Yüce Divan’a sevk etmişti“. Hürriyet. 24 aralık 2017da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18 aralık 2017.