Turgʻut Oʻzal (1927.13.10, Malatiya, Turkiya, — 1993.17.4, Anqara. Istanbulda dafn etilgan) — Turkiya davlat va siyosat arbobi. 1980—82 yillarda davlat vaziri, 1983—89 yillarda bosh vazir, 1989 yil 9 noyabrdan Turkiya prezidenti. Istanbul texnika universitetini tugatgan (1950); xususiy kompaniyalarda oʻqituvchilik qilgan. "Ona vatan" partiyasini tuzgan. 1983—89 yillarda partiyaning bosh raisi. Oʻ. qatʼiy islohotlar oʻtkazib, iqtisodiyotni taraqqiyot yoʻliga olib chiqdi. Uning ochiq iqtisodiy siyosati natijasida ishlab chiqarish eksportga yoʻnaltirildi, xususiylashtirish boshlandi, erkin tijorat mintaqalari barpo qilindi va Turkiya iqtisodiyoti jadal rivojlana boshladi. Turizm yuqori darajada taraqqiy topdi. Oʻ. 1993 yil 4—7 aprel rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan[1].

Turgut Özal (1986)

Manbalar

tahrir