Xalima Atabayeva
Xalima Atabayeva (toʻliq ismi: Atabayeva Xalima Nazarovna; 1935-yil 1-yanvarda Toshkent shahri) oʻzbekistonlik oʻsimlikshunost olima, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (1991 yil), professor (1992 yil).
Atabayeva Xalima Nazarovna | |
---|---|
Tavalludi |
1-yanvar 1935-yil Toshkent shahri |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | oʻsimlikshunost olima |
Sohasi | botanika |
Taʼlimi | Moskva qishloq xoʻjalik akademiyasi |
Ilmiy darajasi | Qishloq xoʻjaligi fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Mukofotlari |
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi |
Biografiyasi
tahrirXalima Atabayeva 1935-yil 1-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1953-yilda Nukus shahridagi oʻrta maktabni kumush medal bilan tamomlagan. 1953-1958-yillarda Moskva qishloq xoʻjalik akademiyasida Agronomiya mutaxassisligi boʻyicha tahsil olib, olim-agronom ixtisosligiga ega boʻlgan.[1] Mehnat faoliyatini dastlab 1958-yilda Toshkent viloyati Xavas gʻallachilik xoʻjaligida boʻlim agronomi sifatida boshlagan X.Atabayeva 1959-1960-yillarda Qoraqalpogʻiston Dehqonchilik ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1960-1963 yillarda Toshkent qishloq xoʻjalik instituti „Oʻsimlikshunoslik“ kafedrasi aspiranti, 1963-1970-yillarda assistenti va 1970-1992-yillarda dotsenti lavozimlarida ishlagan. 1992-1996-yillarda Toshkent davlat agrar universiteti „Oʻsimlikshunoslik“ kafedrasi professori; 1996-2009-yillarda kafedra mudiri; 2009-2017-yillarda kafedra professori boʻlib ishlagan. 2017-yildan hozirgi kungacha „Soya va moyli ekinlar“ kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda[2]. Shuning bilan birgalikda, professor X. N. Atabayeva ixtisoslashgan ilmiy kengashlar, turli ekspert kengashlari aʼzosi, Toshkent viloyati „Olima“ ayollar uyushmasining aʼzosi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda. Aspirantura davridan boshlab muntazam ilmiy ish bilan shugʻullanib kelayotgan Xalima Nazarovna oʻz ilmiy izlanishlarini dala ekinlarining turlarini, navlarini, har xil namunalarini tadqiq qilib, ulardan yuqori va sifatli hosil yetishtirish texnologiyalarini yaratishga qaratgan.
Ilmiy faoliyati
tahrirAtabayeva Xalima Nazarovna ilmiy ishlarining natijasi sifatida 1966-yilda Toshkent qishloq xoʻjaligi institutida „Oqjoʻxorini don-dukkakli ekinlar bilan qoʻshib ekish“ mavzusida nomzodlik, 1990-yilda Moskva qishloq xoʻjalik akademiyasida „Oʻzbekistonning sugʻoriladigan yerlarida yem-xashak ekinlari hosildorligini oshirishning texnologik asoslari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. „Oʻsimlikshunoslik“ ixtisosligi boʻyicha 1970-yilda dotsentlik, 1992-yilda professorlik unvoni berilgan. X. N. Atabayeva oʻzining koʻp yillik ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 350 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar chop ettirgan boʻlib, 20 ta darslik va oʻquv qoʻllanma, 1 ta elektron darslik, 15 ta monografiya va risolalar, 50 dan ortiq oʻquv-uslubiy, ishlar 13 ta tavsiyanoma, 300 ga yaqin ilmiy maqolalar shular jumlasidandir. X. N. Atabayeva tomonidan yaratilgan darslik va oʻquv qoʻllanmalar qishloq xoʻjalik oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari, magistrantlari va mutaxassislarining doimiy foydalanadigan sevimli adabiyotlariga aylangan[3]. Ayniqsa, soʻngi yillarda yaratilgan „Moyli ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari va yetishtirishda innovatsion texnologiyalar“[4], „ Soya biologiyasi“, „Soya yetishtirish texnologiyasi“[5] darsliklari keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan foydalanilmoqda. Shu oʻrinda aytib oʻtish kerakki, „Yilning eng yaxshi darsligi va oʻquv adabiyoti muallifi“ Respublika tanlovida professor X. N. Atabayeva tomonidan yaratilgan „Oʻsimlikshunoslik“ darsligi 2001 yilda va amaliy mashgʻulotlar uchun moʻljallangan „Oʻsimlikshunoslik“ oʻquv qoʻllanmasi 2005 yilda 1-oʻrinni, „Oʻsimlikshunoslik“ [6] elektron darsligi esa 2004 yilda 3-oʻrinni egallagan. Bundan tashqari ilmiy izlanishlari natijasida noʻxatning noqulay iqlim sharoitlariga chidamli yangi „Malxotra“ va „Xalima“ navlarini yaratishga muvaffaq boʻldi.[7] Bu navlarga 2 ta patent va Davlat reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida guvohnoma olindi.
Mukofotlari
tahrirXalima Atabayeva 1998-yilda „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ unvoni[8] va 2017 yilda „Qishloq xoʻjaligi xodimlarning bayrami“ kuni munosabati bilan „Doʻstlik“ ordeni [9] bilan taqdirlangan. Shuningdek, fermerlar va qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi mutaxassislari uchun tashkil etib kelinayotgan turli oʻquv va dala seminarlarida faol ishtirok etib, oʻzining bilim, tajriba va tavsiyalarini berib kelmoqda.
Manbalar
tahrir- ↑ „Atabayeva Xalima Nazarovna ta'limi“. uz.unansea.com. 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ „Atabayeva Xalima Nazarovna“. agrowebcee.net. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ „Ilmiy va uslubiy ishlar ro'yxati“. agrowebcee.net. 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ „Moyli ekinlar biologiyasining ilmiy asoslari va yetishtirishda innovatsion texnologiyalar“. econferences.ru. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ Atabaeva Xalima Nazarovna, Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Ergashev Nodirbek Yuldashalievich. „Soya yetishtirish texnologiyasi“. cyberleninka.ru. 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ X.N. ATABAYEVA, J.B. XUDAYQULOV. „O'SIMLIKSHUNOSLIK“. e-library.namdu.uz. 2024-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ „“Malxotra” va “Xalima” navlari“. agro.uz. 2024-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“. agrowebcee.net. 2021-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.
- ↑ „“Do‘stlik” ordeni“. president.uz. 2024-yil 3-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 3-aprel.