Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi

„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ faxriy unvoni — barcha turdagi umumtaʼlim maktablarining, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining, hunar-texnika bilim yurtlarining, maktabgacha tarbiya bolalar muassasalari va maktabdan tashqari muassasalarning, oʻqituvchilar malakasini oshirish bilan shugʻullanuvchi uslubiyat kabinetlari, kurslar va institutlarning respublika xalq taʼlimini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga, shuningdek xalq taʼlimi boshqa muassasalarining ana shunday xodimlariga beriladi[1][2][3][4].

  • Koʻkrak nishoni diametri 30 millimetrli doira shaklida boʻladi va 925 probali kumushdan tayyorlanadi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr.
  • Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida oʻrtaroqda aholiga kommunal, maishiy va savdo xizmati koʻrsatishning ramz sifatida markazi bir-u, radiuslari har xil uchta aylana, pastki oʻng chekkasida dafna novdasi tasvirlangan. Nishonning aylanasi boʻylab „KOMMUNAL, MAISHIY VA SAVDO SOXASIDA XIZMAT KOʻRSATGAN XODIM“ degan yozuv ikki qator boʻlib joy olgan.
  • Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq.
  • Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi.
„Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq taʼlimi xodimi“ faxriy unvoni
Mamlakat Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Turi faxriy unvon
Kimga topshiriladi Oʻzbekiston fuqarolariga
Taqdirlash asosi respublika xalq taʼlimini rivojlantirishda alohida xizmat koʻrsatgan xodimlariga
Holati topshiriladi
Statistika
Taʼsis sanasi 1996-yil 26-aprel.

Manbalar tahrir