Atavizm
Atavizm (lot. atavus – ajdod) – muayyan toʻrning ayrim organizmlarida uning uzoq ajdodlarida mavjud boʻlgan, biroq evolyutsiya davomida yoʻqolib ket-gan belgilar paydo boʻlishi. Otlarda uchta barmoq boʻlishi, koʻp emchakli, dumli yoki butun badani jun bilan qoplangan bolalar tugʻilishi A.ga misol boʻladi. A.ning on-togenezda paydo boʻlishi mazkur belgini yuzaga keltiradigan genlarning tur evo-lyutsiyasida saqlanib qolganligi, biroq normal rivojlanayotgan organizmda ular ta’sirining yoʻqolishi bilan bogʻliq. Juda koʻp avlodlardan soʻng toʻrning ayrim or-ganizmlari ontogenezida genlar ta’si-rini yoʻqotib turadigan toʻsiq yoʻqolishi tufayli mazkur belgi qaytadan yuzaga chiqishi mumkin. A. toʻrning ajdodini koʻrsatib beradi, shuning uchun Darvin A. hodisasini evolyutsiyaning dalillaridan biri deb isbot etgan. A. ayrim organizmlarda paydo boʻlishi bilan rudimentlardai farq qiladi.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |