Atekatlar, antomeduzalar (Athecata) – dengiz gidropoliplari turkumi. Koloniya boʻlib yashaydi. Ko-loniyasi butaga oʻxshash, suv tubini, chigʻanoqlar, suv oʻtlari va suv ostidagi boshqa narsalarni qoplab oladi. A. kolo-niyasidagi ayrim individlarning himoya gʻilofi – gidrotekasi boʻlmaydi. A. juda mayda (1 mm gacha), ayrim vakillari (Tubularia urugʻi) bir necha sm dan 70 sm gacha, ba’zan 2,3 m gacha (Branchiocerianthus imperator) boʻladi. Meduzalari juda mayda (soyabonining diametri 5 mm dan 3 sm gacha). Polip davrida kurtaklanib koʻpayadi. Meduzalari ayrim jinsli, jinsiy hujay-ralari ogʻiz paypaslagichlari ektodermasidan hosil boʻladi. 200 ga yaqin turi ma’lum, ochiq dengizlarda uchraydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil