Atetoz (yun. athetos – vaziyatsiz) – kalavlanib yurish. Qoʻl, oyoq, hatto yuz va til muskullarining uzluksiz chuvalchangsimon qimirlab, buralib qisqarishi. Asosan qoʻl-oyoq barmoqlarida uchraydi. A. miyaga qon quyilgandan keyin, miya oʻsmasida, baʼzan tutqanoq tutganda, bosh miyaning ekstrapiramid doiralariga qarashli toʻqimalarida (striar sistema) roʻy beradi. A.da panja muskullarining tonusi oshib ketadi va chuvalchangsimon harakatda boʻladi. Mas, bir barmoq bukilsa, ikkinchisi yozila boshlaydi.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil