Atlas (arab.-tekis, silliq) – tanda ipi ham, arqoq ipi ham tabiiy ipakdan toʻqiladigan bir yuzlama silliq mato. Tanda ipi abrbandi usulida boʻyab bezatiladi. Alohida ishlov berib Atlasga jilo beriladi, shunga koʻra u tovlanib turadi. Ilgari mato yuziga kudung urilgan, hozirgi kunda Atlas issiq satxli baraban – kalandrdan oʻtkaziladi. Oʻzbek Atlaslari rang-barang nafis gullarga boy, bu gullar bir-biri bilan uygʻunlashib, matoda yaxlit goʻzal bir naqshni hosil qiladi. Atlasning tabiiy ipakdan toʻqilgan eng aʼlo navi sakkiz tepkili xonatlas deb ataladi. Xonatlasning barcha siri uning tuzilishi va toʻqilish usulidadir. Atlasning toʻqilish jarayoni: toʻrt tepkili Atlas toʻrt tepkili dastgohda, sakkiz tepkili Atlas sakkiz tepkili dastgoxda toʻqiladi. Tandaga gulalar tandaning har sakkiz naxi toʻqilishda ustma-ust keladigan qilib koʻtariladi, naxlar tepkilarga muvofiq-lashtirilib, gulalar oʻynagʻichlarga ulanadi. Tepki bosilganda gulaning biri pastga tortilib, ustma-ust yotgan naxlardan birining komi ochiladi va orasidan birinchi arqoq ipi oʻtadi, ikkinchi tepki bosilsa, ikkinchi komi ochilib, ikkinchi arqoq ipi oʻtadi. Shu tariqa sakkiz nax orasiga sakkiz arqoq ipi ustma-ust tushib, tanda ipi matoning ustiga tomon joylana borib toʻqima bir yuzlamaga aylanadi.

Atlas

Atlas:

  1. Tushuntirish matnlari boʻlgan muayyan tizimli xaritalar toʻplami, jildlar yoki ayrim varaqlar yigʻindisi shaklida nashr qilinadi (qarang Geografik atlas);
  2. Maxsus albomlar – anatomik Atlas va hokazo nomi.

„Atlas“ – amerika eltuvchi raketalari turkumining nomi; „Atlas“ sayyoralar aroballistik raketasining dastlabki ikki pogʻonasi sifatida foydalaniladi. Start massasi – 125 – 135 t, umumiy uzunligi 31 – 35 m. „Atlas-Ajena“ va „Atlas-Sentavr“ variantlari mavjud. „Midas“, „Samos“ YESYni, sayyoralararo avtomatik stansiyalar „Reynter“, „Mariner“ va boshqalarni parvoz qildirish uchun qoʻllanadi. Raketa dvigateli yonilgʻisi – suyuq kislorod va kerosin.

Qadimda Atlaslar dastaki dastgoh (qoʻl doʻkon)larda toʻqilgan. Hozir dastaki dastgoxlarda ham, mexanik dastgoxlar (toʻquv stanoklari)da ham toʻqiladi. Mexanik dastgoxlarni elektr dvigatel harakatlantiradi. Oʻtmishda Atlasning bir kiyimligi yaxlit holda ham, ikki boʻlakka boʻlib ham sotilgan. Ikki boʻlakka boʻlingan Atlasning har bir boʻlagi bir toqa Atlas, ikkala toqasi bir joʻra Atlas deb nomlangan. Atlasni toqa-joʻra qilish 1930-yillarda urfdan qoldi. Atlas toʻqish Margʻilonda juda qadimdan rivojlangan, boshqa joylarga shu yerdan tarqalgan. 20 – asr boshlarida bu yerda yuzlab Atlas toʻquvchi kosiblar boʻlgan, 20-yillarda ular 4 ta sanoat artellariga uyushgan. 1963-yilda bu artellar birlashtirilib yirik korxona – „Atlas“ firmasiga aylantiriddi. 1976-yildan Margʻilon Atlas ishlab chiqarish birlashmasi. Atlas toʻqish, ayniqsa, Namangan (Namangan shoyi ishlab chiqarish birlashmasi), Xoʻjandda, shuningdek Andijon, Qoʻqon, Samarqand shaharlarida rivoj topgan. Atlasdan ayollar liboslari, koʻrpa, koʻrpachalar, erkaklar kiyigʻi va boshqa buyumlar tayyorlanadi. Eng mashhur Atlaslar: „Qora atlas“, „Bargi karam“, „Chaqirim“, „Yahudiy nusxa“, „Nomozshomgul“, „Shaxmat“ „Qora koʻzim“ va boshqa Oʻzbekiston Atlaslari respublika hududidan tashqari – xorijiy mamlakatlarga ham chiqarilmoqda. 1967-yilda Monreal (Kanada)da oʻtkazilgan Xalqaro koʻrgazmada, 1978-yilda Yugoslaviyaning Zagreb shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro yarmarkada xonatlas Oltin medal bilan mukofotlandi. Toshkent Modellar uyida xonatlas dan tikilgan tayyor kiyimlar 1970-yilda Yaponiya (Osako)da, 1987-yilda Budapesht kuzgi yarmarkasida, 1988-yilda Bagʻdodsa, 1989-yilda Hindiston (Dexli)da boʻlib oʻtgan Xalqaro yarmarkalarda, AQShning Vashington (1998) va Chikago (1999) shaharlarida xususiy yigʻimlardagi oʻzbek Atlaslari namoyish etildi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil