Atmosfera akustikasi
Atmosfera akustikasi – Akustikaiint atmosferada tovush toʻlqinlarining tarqalish qonuniyatlarini akustika usullari bilan oʻrganadigan boʻlimi. Tovush toʻlqinlarining soʻnishi faqat toʻlqin tarqalishiga bogʻliq boʻlmay, tovush energiyasining muxitda yutilishiga ham bogʻlikdir. Tovush energiyasining yutilishi tovushning toʻlqin uzunligiga bogʻliq: qiska toʻlqinlarda koʻp, uzun toʻlqinlarda kam yutiladi. Atmosferada tarqaladigan tovush toʻlqinlari temperaturasi yuqori boʻlgan muhitdan temperaturasi past boʻlgan muhitga tomon buriladi. Baʼzan, portlash yoki momaqaldiroqning kuchli tovush toʻlkinlari faqat markaziy eshitilish zonasidagina emas, balki maʼlum darajadagi doirasimon eshitilish zonalarida ham aniq eshitilishi mumkin. Bu hodisa tovush toʻlqinlarining atmosferadagi past temperaturali qatlamlardan qaytishini tasdiklaydi[1].
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |