Atmosfera stratifikatsiyasi – Atmosferada temperaturaning balandlik boʻyicha taqsimlanishi. Quruq yoki suv bugʻiga toʻyingan havoga nisbatan Atmosfera stratifikatsiyasi turgʻun, beqaror yoki neytral boʻlishi mumkin. Atmosfera stratifikatsiyasining bunday holatlarini kuzatish uchun temperaturaning quruq adiabatik (qarang Adiabata), nam adiabatik va vertikal gradiyentlaridan foydalaniladi. Adiabatik vertikal yoʻnalishda havoning harakatida balandlik birligiga toʻgʻri keladigan temperatura pasayishi temperaturaning vertikal gradiyenti (u) deb ataladi. Quruq yoki suv bugʻiga toʻyinmagan havo boʻlsa, quruq adiabatik gradent (ua), suv bugʻiga toʻyingan nam havoda esa nam adiabatik gradiyent (un) deb yuritiladi. Quyida zarracha usulida olingan Atmosfera stratifikatsiyasining uch xili keltirilgan:

  1. Atmosfera stratifikatsiyasi nam va quruq havo uchun mutlaq beqaror;
  2. Atmosfera stratifikatsiyasi turgʻun;
  3. Atmosfera stratifikatsiyasi quruq havo uchun turgʻun, nam havo uchun beqaror[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil