Atmosferadagi temperatura inversiyasi

Atmosferadagi temperatura inversiyasi – atmosferaning ma’lum qatlamlarida temperaturaning balandlikka qarab orta borishi. Pastki che-garasi, qalinligi va inversiya quvvati (temperaturalar farqi) bilan ifodalanadi. Atmosferadagi temperatura inversiyasi i. bulutlarning quyuqlanishiga, at-mosferadagi vertikal harakatlarga va boshqa hodisalarga bevosita katta ta’sir koʻrsatadi. Quyidagi turlarga boʻlinadi: 1. Radiatsion inversiya; bunda yer sirti kuchli nurlanish natijasida qattiq soviydi, soʻngra Yerga yaqin havo qatlamining pastki qismi ham yuqori qismiga qaraganda kuchliroq soviydi va yer sirti yaqinida inversiya hosil boʻladi. Bunday jarayonlar sutkaning tungi soatlarida kuchli boʻladi. 2. Yerga yaqin in-versiya; bunda iliq havo massasi sovuq 759sirt ustiga siljiganda uning pastki qismi issiqligining bir qismini yer sirtiga beradi, natijada Yerga yaqin havo qatlamida inversiya hosil boʻladi (mas, iliq dengiz havosining quruqlik ustida harakatlanishi). 3. Choʻkish in-versiyasi; bu hodisa erkin atmosferada antitsiklonli ob-havoda koʻproq kuza-tiladi. Bundan tashqari, sovuqhavo bilan iliq havoni ajratuvchi zonada frontal, togʻli hududlarda esa orografik inver-siya hosil boʻladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil