Atmosferaning nurlanish balansi

Atmosferaning nurlanish balansi – atmosferada yutilgan va chiqarilgan nurlanish oqimlarining algebraik yigʻindisi. Atmosferada yutilgan nurlanish miqdori chiqarilgan nurlanish tufayli undan ketuvchi oqim miqdoriga nisbatan kam boʻladi. Shuning uchun Atmosferaning nurlanish balansi b. hamma vaqn manfiy boʻladi. Atmosfera manfiy nurlanish balansining 75 foizi atmosferadagi suv bugʻlarining quyuqlanishi tufayli ajralib chiqqan issiqlik hisobiga va 25 foizi yer sirtidan turbulent yoʻl bilan atmosferaga oʻtgan issiqlik hisobiga qoplanadi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil