Ato Samigʻiddinovich Muhammadjonov (1940.2.9, Dushanba) – Tojikiston xalq artisti (1981). 1958-yildan Loxutiy nomidagi teatrda ishlaydi. Tojikistonning mashhur filmlari M. nomi bilan bogʻliq. Eng yaxshi rollari: Atham („Olim Atham“), Chol („Cholning hikoyasi“), Klaudio („Hamlet“), Bobojon Gʻofurov („Millat dramasi“), Qirol Lir („Qirol Lir“) va boshqa M. oʻzbek kinosi rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshgan. Ota („Alvido, gʻoʻr yoshligim“), Qozi („Maysaraning ishi“), Amir ibn Mansur („Dax, oning yoshligi“), Rais („Karaxtlik“), Sayidali ota („Buyuk Amir Temur“) va boshqa rollari mashhur. Rudakiy nomidagi Tojikiston Davlat mukofoti laureati (1983).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil