Atom soati
Atom soati (kvant soati) – vaqtni oʻlchashda ishlatiladigan qurilma. A. yeda vaqtni oʻlchash uchun oʻzgarmas dav-riy jarayon sifatida atomlarning xusu-siy teb-ranishlaridan foydalaniladi. Atom soatida "mayatnik" vazifasini atomlar bajaradi. Atomlar bir energiya sathidan ikkinchi energiya sathiga oʻtganda ularning nurlanish chastotasi Atom soati yurishini rostlab turadi. Atom soati vaqtni astronomik usullardagidan ham aniqroq oʻlchashga imkon beradi (xatolik 10~" – 10~13). Hozir qoʻllanilayotgan atom etalonlarida seziyning atom dastalaridan foydalanilmoqda.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |