Atom va molekulalar difraksiyasi

ATOM VA MOLEKULALAR DIF-RAKSIYASI – kristallardan turli azimutal burchaklarda maksimum, mi-nimumlar hosil qilib, atom va mo-lekulalarning sochilishi. A. va m. d. ularning toʻlqin xususiyatiga ega ekan-ligini namoyon qyladigan hodisa. De-Broyl tenglamasiga asosan v tezlik bilan harakatlanayotgan atom va molekulalarning toʻlqin uzunligi teng, bunda: t – atom yoki molekula massasi, h – Plank doimiysi, Ye – energiyasi. Yengil atom va molekulalar (N,, N2, Ne, SO2)ning issiqlik harakati tezligi (Maksvell taqsimoti)ga mos keladigan de-Broyl toʻlkin uzunligi kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofaga taxminan teng, shuning uchun kristallning sirti difraksiya panjarasi boʻla oladi. Dif-raksiya hodisasining oddiy nazariyasiga asosan uzunligi X ga teng toʻlqinlar kri-stalldan sochilib, v burchak yoʻnalishida maksimal intensivlikka ega boʻlishi uchun rik q 2rfsin9 shart bajarilishi ke-rak. Bu yerda p – difraksiya maksimumi tartibi, d – kristall davri, 8 – tusha-yotgan nur (atomlar) bilan atom tekisligi orasidagi burchak.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil