Atomizm
Atomizm (yunoncha atomon — boʻlinmas) — xamma narsalar mustaqil element atomlardan tuzilgan, barcha narsaning sodir boʻlishi bu elementlarning aralashishi, birlashishi va boʻlinishiga asoslanadi, deb hisoblaydigan taʼlimot. 19-asr oxirigacha atomizm materiya alohida boʻlinmas zarralar — atomlardan tashkil topgan deb uqtirib keldi. Hozirgi atomizm nuqtai nazaridan elektronlar — elektr „atomlari“, fotonlar — nur „atomlari“ va hokazodir. Yanada kengroq maʼnoda atomizm obyektning diskret (dona-dona), jarayonning, xossaning uzlukliligini bildiradi. Bu taʼlimot materiyaning soʻnggi, oʻzgarmas mohiyati mavjudligini inkor etadi, uning miqdor va sifat jihatdan nihoyasizligiga asoslanadi[1].
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |