Attenyuator (frans. attenuer – kuchsizlantirish) – elektr kuchlanishi, tok kuchi, elektr yoki elektromagnit te-branishlarining kuvvatini bir me’yorda, bosqichma-bosqich yoki muayyan qiymatgacha pasaytiruvchi kurilma. A. alohida ku-rilma sifatida, oʻlchash asboblari yoki b. asboblar bilan birga tayyorlanadi. Reostat va potensimetrsan farqi rostlash jara-yonida A.ning kirish qismlari orasidagi qarshilik oʻzgarmasligidan iborat. A. asosan yuqori chastotali oʻlchov asboblarida, mas, standart signallar generatori va radiokomparatorlarda koʻllaniladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil