Audiyensiya (lot. audentia – tin-glash, quloq solish) – davlat va ja-moat arboblari tomonidan chet el di-plomatik vakillarining rasmiy qabul qilinishi. Xalqaro huquqda A.– dav-lat boshligʻining diplomatik vakilni qabul qilishi. Bir davlat vakilining oʻz ishonch yorligʻini yoki chaqirib olish yorligʻini topshirishi ham A. dir. 1815-yil 19-martda Venada diplomatik vakillar toʻgʻrisida qabul qilingan reglamentga muvofiq bevosita davlat boshligʻidan A. surashga faqat muxtor elchi darajasida-777gi vakilninggina huquqi bor. Muvaqqat ishlar vakili va boshqa darajali diploma-tik vakillar A. haqida shu davlat tashki ishlar vaziri orqali iltimos qilishi mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil