August Krogh (1874.15.11, Greno, Yutlandiya — 1949.13.9, Kopengagen) — daniyalik fiziolog. Kopengagen universiteti professor (1916—45). Turli aʼzolardagi kapillyarlar devorining anatomikfiziologik xususiyatlarini va kapillyar qon aylanishining moddalar almashinuvidagi ahamiyatini aniqlagan. Kapillyarlar va aʼzolar faoliyati oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik, hujayralar faoliyati va biologik membranalar oʻtkazuvchanligida ionlarning ahamiyatini tadqiq etgan. Mikrotonometriya, differensial manometriya, odam yuragidan oʻtadigan qonning minutlik hajmini aniqlash kabi fiziologik usullarni ishlab chiqqan. Nobel mukofoti laureati (1920).[1]

August Krogh

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil