Avtoradiografiya, autoradio-grafiya, radioavtografiya– biror ob’yektda radioaktiv moddalarning qanday taqsimlanishini oʻrganish usuli. A.da tekshiriladigan ob’ekt yuziga radio-aktiv moddalarning nurlarini seza-digan fotoemulsiya beriladi; ob’ek-tdagi radioaktiv moddalar doim nur chiqarib turgani uchun fotoemulsiyani qoraytiradi, goʻyo oʻzini-oʻzi suratga tu-shiradi (usulning nomi ham shundan). Ob’ektga fotoemulsiya berishning bir necha yoʻli bor: foto-emulsiyani suyul-tirib, namuna yuziga quyish yoki namuna sirtini silliqlab, unga fotoplastinka bostirib qoʻyish mumkin. Radioaktiv moddalarning qanday taqsimlangani toʻgʻrisida bir fikrga kelish uchun foto-emulsiyaning qanchalik qoraygani eta-longa solishtirib koʻriladi yoki foto-emulsiyaga tushgan nur izlari optik, elektron mikroskoplarda sanaladi. Radioaktiv moddalarning namunada taqsimlanishini koʻrsatadigan foto-grafik tasvir avtoradiogramma yoki radioavtogramma deb ataladi. A. fizi-ka va texnikada, biol. va tibbiyotda keng qoʻllaniladi. A. usuli har xil rudalarda radioaktiv elementlar bor-yoʻqligini, togʻ jinslari, metall qotishmalarida bu elementlar qanday taqsimlanishini, tabiiy radioaktiv elementlarning tana toʻqimalarida qanday tarqalishini bi-lib olishga yordam beradi. Radioaktiv izotoplar bilan nishonlangan birikmalarni organizmga yuborish va toʻqima hamda hujayralarni keyin A. usuli bilan tek-shirish tegishli jarayonlarning qaysi hujayralar yoki hujayra tuzilmalarida boʻlib oʻtishini, biror xil moddalarning qanday tuzilmalarga jo boʻlishini aniqlashga imkon beradi va hokazo (qarang Radi-ografiya).

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil