Autsayderlar – 1) "begona", "yov-voyi" deb nom olgan mustaqil kichik va oʻrta korxonalar. Biror sabab bilan muayyan aniq bir tarmoqlar doirasida tashkil topadigan monopolistik birlashmalar va kelishuvlarga kir-maydi. Koʻpincha A. yirik monopoliyalarga yordamchi pu-dratchi hisoblanadi; 2) birja a’zosi boʻlmagan broker. Birja savdosining ay-rim qonunlariga rioya qilish majburiya-tini olgan holda savdo zalida ishlashga vaqtincha biron maqsadli ruxsatnoma olishi mumkin.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil