Avangard (fransuzcha: avant-garde – oldindagi qoʻriqchi) – harbiy safar vaqtida asosiy kuchlarni qoʻriqlash uchun oldinda boruvchi askariy qism (harbiy qoʻshilma, qism yoki boʻlinma). Avangard oʻz qoʻshinlarini yonidan qoʻriqlashi ham mumkin. Avangardning vazifasi asosiy kuchlarga dushman tomonidan bexosdan qilinadigan hujumlarga yo'l quymaslik, asosiy kuchlarning jang qilishi uchun sharoit yaratishdan iborat. Avangard qadimgi oʻzbek harbiy qismlarida hiravul, avangʻor, moʻgʻul lashkarlarida manglay, mangʻlay deyilgan.

"Avangardda", Karl Pippichning rasmi (1910 yil)

Yana q. tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil