Avangardizm (fransuzcha: avantgardiste) – 1) XX asr adabiyot va sanʼatida qator zamonaviy oqimlarning umumiy shartli nomi. A. tarafdorlari ada-biyotni va sanʼatni tubdan yangilashni, uning shakli va ifodaviy imkoniyatlarini kengaytirishni oʻz oldilariga maqsad qilib qoʻygan, avvalgi qaror topgan yu-nalishlar (shu jumladan, romantizm, re-alizm, impressionizm, neoklassitsizm va boshqalar) ga tanqidiy yondashgan. A. namo-yandalari sanʼatning predmetini ham, uslubini ham, shakl va mazmunni ham yangilashni oʻzida ifoda etgan umumiy istak ostida birlashganlar. Bu yoʻnalish taraqqiy etgan 1905–30 yillarda uning tamoyillari ekspressionizm, fovizm, kubizm, dadaizm, syurrealizm; adabiyotda – „ong oqimi“, futurizm, musiqada – dodekafoniya, atonallik va boshqa kabi modernistik oqim va maktablarda, shuningdek baʼzi yirik soʻz ustalarining maʼlum davrdagi ijodiy faoliyatida namoyon boʻldi. Bir-biriga zid mayllar, turli ijtimoiy, gʻoyaviy-estetik nuqtai nazarda turgan, ijodiy taqdiri bir-biriga oʻxshamagan sanʼatkorlar A. (modernizm)ning umumiy oqimida toʻqnashdi. Davrning eng oʻtkir ijtimoiy qarama-qarshiliklari A. ziddiyatlarida oʻz aksini topdi. Baʼzi yirik sanʼatkorlar ijodlarining dastlabki davrida A. ga moyil boʻlganlar (mas, P. Elyuar – Fransiya; V. Nezval – Chexoslovakiya; V. Brext, I. Bexer, X. Eysler – Germaniya; D. Rivera – Meksika; V. Mayakovskiy, D. Shostakovich – Rossiya).Jahon adabiyoti va sanʼatining koʻpgina zabardast vakillari A. tajri-balariga asoslanib, zamonaviy sanʼatning yetakchilariga aylandilar (mas, J. Joys – Irlandiya; M. Prust – Fran-siya; P. Mondrian –Niderlan-diya; S. Dali va P. Pikasso – Ispaniya; P. Klee – Shveysariya; V. Kandinskiy, M. Male-vich, S. Prokofev – Rossiya va boshqalar).Ikkinchi jahon urushidan keyin gʻarbda A. oqimi jonlanib, „absurd drama“, „yangi roman“, „konkret poeziya“, tasvi-riy sanʼatda – pop-art, minimalizm, abstraksionizm, musiqada – aleatori-ka, sonoristika, elektron musiqa va boshqa koʻrinishlarida namoyon boʻldi. A. tamoyillari Oʻzbekiston tasvi-riy sanʼatida 20-yillarda ham kuzatiladi (A.Volkov, A.Nikolayev, Oʻ.Tansiqboyev, M.Kurzin, O.Tatevosyan). 1970-yillardan boshlab musiqada – kompozitorlar R.Vildanov, N.Zokirov, A.Malaxov, M. Tojiyev, T.Qurbonov, F. va D.Yanov– Yanovskiylar, N.Gʻiyosov va boshqa, teatrda – rejissorlar N. Abdurahmonov, M.Vayl, tasviriy sanʼatda – rassomlar J. Umarbekov, Jalolov, M.Toʻxtayev va boshqa A. ifodaviy imkoniyatlaridan ijodiy foydalanmoqda.2) Falsafadagi A. – zarur taraqqiyot bosqichlari va real shart-sharoitlarni nazarga olmay sakrash yoʻli bilan jamiyatdagi qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga intilish.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil