Avarlar (millat)
Avarlar (oʻzlarini maarulal deb ataydilar) – Dogʻistonda (496 ming kishidan ziyod) va Ozarbayjonning shimoliy gʻarbiy qismida (44 ming kishi) yashovchi yerlik xalq. A. va ularga yaqin xalqlarning umumiy soni Rossiya Fede-ratsiyasida 544 ming kishi (1992). A. is-lom dinining sunniy oqimiga mansub. Avar tilida soʻzlashadi. 19-asrning 2-yar-mida faqat Xunzax yassitogʻligida yashovchi aholi oʻzlarini A. deb atashgan. Tari-xan bir hududda shakllangan guruhlar, ayrim qabila qoldiqlarini rus ada-biyotida A. deb yuritilgan. Bular: sala-tovlar, baktlilar, koysubulilar, andallar, teletlilar, xunzaxlar, gidatlilar va boshqa A. atrofida and-sez (andodidoy) xalqlari va archinlar uyushayotgan boʻlib, ular garchi oʻzlarini A. deb atayotgan boʻlsalarda, ayrim etnografik xususiyatlari va ona tillarini saqlab qolganlar. A. chorvachilik, dehqonchilik, shuningdek bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi. Ularda hunarmandchilik, xususan, zargarlik taraqqiy etgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |