Avaz Oʻtar

Oʻzbek maʼrifatparvar shoiri, sartarosh, tabib
(Avaz O‘tardan yoʻnaltirildi)

Avaz Oʻtar (taxallasi; asli ismi: Avaz Polvonniyoz oʻgʻli; 1884-yil 25-avgust, Gadikboʻyi, Xiva – 1919-yil, Xiva) – oʻzbek maʼrifatparvar shoiri, sartarosh, tabib.

Avaz O'tar
Polvonniyoz o'gli
Tavalludi 1884.25.8
Xiva, Gadikbo'yi
Vafoti 1919 y
Xiva
Fuqaroligi Xiva xonligi
Kasbi Shoir, sartarosh, tabib.

Hayoti

tahrir

Avaz Oʻtar 1884-yilda Xivada sartaroshlar oilasida dunyoga kelgan[1]. Xorazmda podshoning sochini oladigan sartaroshga „Oʻtar“ degan amal berilgan[manba kerak]. Uning otasining ismi Polvonniyoz boʻlib, u ana shunday sartarosh edi. Dastlab maktabda, soʻng Xivadagi Inoqiy madrasasida taʼlim oladi. Otasi Xorazm shoir va olimlari bilan doʻst boʻlgani va oʻzi ham oʻqimishli, ziyoli boʻlgani uchun Avaz Oʻtarning taʼlim-tarbiyasiga jiddiy eʼtibor bergan[1]. U sartaroshlikni otasidan, tabiblik va folbinlikni Muhammad Yusuf Bayoniyning akasi Yaxshimurodbekdan oʻrgangan. 18 yoshlarida shoir sifatida xalq oʻrtasida tanildi[1].

Faoliyati

tahrir

Muhammad Rahim Soniy (Feruz) Avaz Oʻtar isteʼdodiga katta eʼtibor bergan, uni saroyga taklif qilib Tabibiyni unga ustoz tayin etgan. Ammo, Avaz Oʻtar saroy hayoti bilan chiqisholmasdi. Muhammad Rahimhonga mish-mishlar yetkazishadi va Avaz Oʻtarni 200 qamchin urishadi va u yerdan ketadi ota kasbi sartaroshlikka qaytadi. 20-asr boshlarida koʻzga tashlanayotgan milliy uygʻonish, istiqlol gʻoyalari Avaz Oʻtar ijodiga kuchli taʼsir koʻrsatadi. Avaz Oʻtar ijodida erkparvarlik, ozodlik, maʼrifatparvarlik gʻoyalari, turmush illatlariga qarshi qaratilgan hajvlar paydo boʻla boshlaydi, bu davrda shoir yuksak insoniy fazilatlarni, chinakam insoniy muhabbatni tarannum etuvchi lirik sheʼrlar, qitʼalar, ruboiylar yozdi. Avaz Oʻtar ijodida alohida oʻrin tutgan hajviy sheʼrlar turkumi – „Faloniy“ ham shu davr mahsuli. Avaz Oʻtar „Millat“, „Hurriyat“; „Topar erkan, qachon“, „Xalq“, „Zamon“ va boshqa sheʼrlarida millat taqdiri va kelajagini yangicha talqin etadi. Ayrim sheʼrlari oʻsha davr vaqtli matbuoti („Oyina“, „Vaqt“, „Mulla Nasriddin“ va boshqalar)da bosilgan. 2 devoni („Saodat ul-iqbol“, „Devoni Avaz“) va qator bayozlarga kiritilgan gʻazallari yetib kelgan. Devonlarining qoʻlyozma nusxalari Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida (inv. № 942, 7102, 3451) saqlanadi.

Vafoti

tahrir

Muhammad Rahimxon II oʻlganidan soʻng uning oʻgli Isfandiyorxon uni chaqirtiradi. 50 darra urishadi. Avazni sogʻligʻi boʻlmay 35 yoshida vafot etadi. Respublikada maktablar, koʻcha va xiyobonlarga Avaz Oʻtar nomi berilgan. Xivada uy-muzeyi tashkil etilgan, haykali oʻrnatilgan. U haqda badiiy asarlar yaratilgan (E. Samandar „Erk sadosi“ dostoni, A. Bobojon „Fazal fojiasi“ dramasi, S. Siyoev „Bir chora zamon istab“ qissasi va boshqalar).

Asarlari

tahrir
  • Tanlangan asarlar, T., 1956;
  • Devon, T., 1976;
  • Saylanma, T., 1984.

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 

Havolalar

tahrir