Avazbek Turdaliyev

oʻzbekistonlik olim, biologiya fanlari doktori, dotsent

Avazbek Turdaliyevich Turdaliyev (1980-yil 10-fevral, Mingbuloq tumani, Namangan viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, biologiya fanlari doktori (2016), dotsent.

Avazbek Turdaliyevich Turdaliyev
Tavalludi 10-fevral 1980-yil (1980-02-10) (44 yosh)
Mingbuloq tumani, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi biolog
Sohasi biologiya
Taʼlimi Fargʻona davlat universiteti
Ilmiy darajasi biologiya fanlari doktori
Ilmiy unvoni dotsent

Biografiyasi tahrir

Avazbek Turdaliyev 1980-yil 10-fevral Namangan viloyati, Mingbuloq tumanida tugʻilgan. 2002-yilda Fargʻona davlat universiteti tabiiy fanlar fakultetini tugatgan[1]. 2008—2009-yillarda Fargʻona davlat universiteti tuproqshunoslik kafedrasi oʻqituvchisi, 2009—2018-yillarda universitetning Tabiiy fanlar fakultetida assistent, katta oʻqituvchi, 2018—2022 yilari zootexniya fakultetida kafedra mudiri, 2022—2023-yillarda uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qoʻshma fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan. 2023-yildan Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filialida ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari[2].

Ilmiy faoliyati tahrir

Avazbek Turdaliyev 2009—2012 yillarda Fargʻona davlat universitetida aspiranturasida tahsil olgan va 2016-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib, 2016-yilda biologiya fanlari doktori ilmiy darajasini va „Tuproqshunoslik“ ixtisosligida dotsent ilmiy unvonini olgan. 250 dan ziyod ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 ta monografiya, 6 dan ortiq oʻquv uslubiy qoʻllanmalar, „Tuproq geografiyasi“ (2021), „Tuproqni xaritaga tushirish“ (2022) oʻquv qoʻllanmalari mualilifi[1].

Manbalar tahrir

Andoza:OʻTOE